Chirchiq shahar Xalq ta'limi bo’limi tasarrufidagi 15-umumiy o’rta ta'lim maktabi Rudaki ko’chasida joylashgan. Maktab 1960 yilda loyiha asosida qurilgan bo’lib, 880 nafar o’quvchi joyiga mo’ljallangan. Maktab salohiyati oshishi bilan o’quvchilar soni ko’payib bordi. 1991 yilga qo’shimcha ikkita bino qurilib, foydalanishga topshirildi va 1100 o’quv joyini tashkil etdi. Umumiy maydoni 14,7 gektar yerni tashkil etadi. Atrofi temir panjara va beton qo’ra bilan o’ralgan. Maktabda 38 ta o’quv xonasi, direktor xonasi, kotiba xonasi, o’quv ishlari bo’yicha direktor muovini xonasi, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha direktor muovini xonasi, o’qituvchilar xonasi, kutubxona, hamshira xonasi, 4 ta ustaxona (qizlar va o’qil bolalar uchun), faollar zali, sport zali va oshxona mavjud. Maktabning sport maydonida 1 ta futbol, 1 ta boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun o’yin maydoni mavjud. 

1960 yilda maktabning ochilishi

Maktab 1960 yilda ta’lim-tarbiya faoliyatini boshlagan. Maktabga birinchi bo’lib direktor lavozimiga Froyma Seyevich Reznik tayinlangan.

 

1975 yildan boshlab maktabga Yan Iosifovich Meytes rahbarlik qilgan. Xalq ta'limi a'lochisi, Ulug' Vatan urushi qatnashchisi Yan Iosifovich Meytes 30 yil davomida maktabga pedagogik jamoani boshqargan.

Maktabning birinchi direktori Y.I. Meytes

1994 yilda Toxir Jumabayevich Ashurov maktabga rahbar qilib tayinlangan. T.J. Ashurov o’quvchilarning bilim saviyasini oshirishda katta hissa qo’shgan.

1996 yildan Shuhrat Saidaxmedovich Ergashev  maktabga rahbar qilib tayinlangan. Yosh va shijoatkor rahbar sifatida ta’lim sohasida erishgan yutuqlari uchun 2003 yilda Xalq Maorifi a’lochisi unvoniga sazovor bo’lgan. 

2007 yildan 2008 yilgacha yosh va tajribali ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimida ishlagan Sharofat Adiljonovna Tolipova rahbarlik qilgan.

2008 yil noyabr oyida tajribali va ijodkor matematika va informatika fanlari o’qituvchisi Nilufar Abdullayevna Abdurazakova maktab rahbari etib tayinlangan.